17:14 / 10.08.2017
8 216

Go‘zallik tanlovida qirg‘izistonlik modelning Armaniston nomidan chiqishi janjalga sabab bo‘ldi

Go‘zallik tanlovida qirg‘izistonlik modelning Armaniston nomidan chiqishi janjalga sabab bo‘ldi
“Qirg‘iziston go‘zali-2017” tanlovining ishtirokchisi Susanna Egoryan Livanda bo‘lib o‘tgan “World Next Top Model 2017” go‘zallik tanlovining finalida “Armaniston” deb yozilgan tasmani taqib chiqdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Tanlovda 17 yoshli Susanna Qirg‘iziston respublikasi nomidan ishtirok etayotgan edi. Ammo tanlov yakuniga kelib, u familiyasiga mos keluvchi davlat nomidan ishtirok etdi. Natijada Susanna Armaniston vakili sifatida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Qirg‘iziston go‘zali” tanlovi tashkilotchisi Tattibubu Samiddin qizi Susanna Qirg‘iziston vakili sifatida ishtirok etishi lozim bo‘lganligini ma’lum qildi.

“Bu yangilikdan bugun xabar topib, boshqalar kabi dahshatga tushdim. Mazkur tanlovga Susannani men yuborgan edim. U go‘zallik tanlovida Qirg‘iziston vakili sifatida ishtirok etishi lozim edi. Ammo Susanna mening va butun Qirg‘iziston xalqining yuzini erga qaratdi”, dedi Tattibubu.

Qizg‘in muhokamaga qaramay, Susanna Egoryan mazkur voqeaga uzoq vaqt izoh bermadi. Uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga juda ko‘p negativ xarakterdagi izohlar joylashtirildi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Susanna ularga javoban quyidagi postni joylashtirdi.

“Birinchidan, gapni go‘zallik tanloviga davlat hisobidan emas, balki opamning hisobidan borganligimdan boshlasak, to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylayman. Opam tanlov tashkilotchilari bilan bog‘lanib, menga homiylik qildi. Ikkinchidan, tanlov shartiga ko‘ra, birinchi chiqishimizda o‘zimiz yashayotgan davlat nomidan, ikkinchisida esa millatimiz tegishli bo‘lgan mamlakat nomidan chiqishimiz uchun ishtirokchilarga ikki mamlakatning nomi yozilgan tasmalar berildi. Mening g‘alabam millatim va o‘zim yashayotgan davlatga tegishlidir.

Shunga shuncha janjal ko‘tarish shartmi? Men o‘zim yashayotgan mamlakatga xiyonat qilganim yo‘q! Tanlovga o‘z hisobimdan kelganim uchun faqat millatim nomidan ham ishtirok etishim mumkin edi. Aksariyat hamyurtlarim qirg‘iz millatiga mansub bo‘lmaganim uchun Qirg‘iziston nomidan tanlovda ishtirok etishga loyiq ko‘rishmagan edi. Shunga qaramay, men tanlovda Qirg‘iziston respublikasi nomidan qatnashdim!”, -deb yozdi yosh model.

17 yoshli Susanna 2017 yilda 11-sinfni tamomlagan. “Qirg‘iziston go‘zali” go‘zallik tanlovida “Podium go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan.

“World Next Top Model 2017” go‘zallik tanlovi 14 iyuldan 6 avgustga qadar Livanda bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Go‘zallik tanlovida qirg‘izistonlik modelning Armaniston nomidan chiqishi janjalga sabab bo‘ldi