Xakerlar «Taxtlar o‘yini» yulduzlarining telefon raqamlarini oshkor etdi

Xakerlar «Taxtlar o‘yini» yulduzlarining telefon raqamlarini oshkor etdi
HBO telekanali ma’lumotlarini o‘g‘irlagan xakerlar «Taxtlar o‘yini» yulduzlarining telefon raqamlarini internetga joylashtirdi. Bu haqda, The Independent nashriga tayanib, "Daryo" nashri xabar bermoqda.

Xususan, aktyorlar Emiliya Klark, Kit Xarington, Piter Dinkleyj va Lina Xidining telefon raqamlari, manzillari va elektron pochtalari oshkor etildi.

Bundan tashqari, serial ettinchi mavsumining beshinchi qismi ssenariysi internetda tarqatib yuborildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar