O‘zbekiston Birinchi prezidentining kenja qizi bir oydan ortiq davom etgan tanaffusdan so‘ng Feysbukdagi akkauntida post elon qildi. Lola Karimova-Tillaeva bu safar "Tomchi" nomli eko art loyihasi to‘g‘risida so‘z yuritgan. U jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildi
"Droplet" ("Tomchi") nomli eko art loyihamizni e’tiboringizga havola etaman, deb yozgan o‘zining Feysbukdagi akkauntida Lola Karimova-Tillaeva.
Suv resurslarini qanday ishlatamiz? Global isish yaqin kelajakda insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga yondashuvni qanday qilib o‘zgartirish mumkin?
Loyihamiz bugun insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni namoyish etish uchun bir maydon vazifasini o‘taydi.
"Garmonist" brendining falsafasi suv, er, yog‘och, ma’dan va olov kabi besh tabiat unsurlarini o‘rganish, asrash va himoya qilishga asoslangan. "Garmonist" tabiatni asrash maqsadida insoniyat sog‘lom hayot kechirishining asosini tashkil etuvchi mazkur besh unsurni saqlashga va asrashga bag‘ishlangan o‘n yillik loyihani boshlaydi.
Suv hayot manbaidir. Inson tanasi 60% suvdan iborat bo‘lib, hayotimizni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson har bir ichki a’zosining faoliyatida suv muhim o‘rin egallaydi. Sayyoramiz ekosistemasida suv manbalarining o‘rni beqiyosdir.
Rassom Markus Lyutens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-ob’ekt tomchi ko‘rinishidagi metal konstruksiyasidan iborat.
Installyasiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.
Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik.
Binobarin, san’at insonlarga ilhom bahsh etib, ularni muayyan maqsad atrofida birlashtira oladi.
"Droplet" loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining etishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining havotiriga sherikligimizni bildiramiz.
Loyihamiz haqida sizni muntazam ravishda xabardor qilib boramiz", — deb yozgan Lola Karimova.
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi