21:18 / 01.09.2017
14 398

Shahzoda Muhammedova mashhur modeler Zaysevning sovg‘asiga sazovor bo‘ldi (Foto)

Shahzoda Muhammedova mashhur modeler Zaysevning sovg‘asiga sazovor bo‘ldi (Foto)
Dizayner, aktrisa va boshlovchi Shahzoda Muhammedova 29-avgustdan to 1-sentyarbgacha Moskvadagi "Moda Rossii" 2017 y nomli yarmarkada O‘zbekistondan "Ipak yo‘li" deb nomlangan o‘zining yangi liboslar to‘plami bilan ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

Instagram sahifasida muntazam ravishda ushbu tadbirni yoritib borgan Shahzodani tashkilotchilar sahnadan turib mana shu ishi uchun ham alohida urg‘u bilan maqtab boshqa ishtirokchilarga namuna qilishdi.

Xattoki Shahzodaning "layk"lari mashhur moda tanqidchisi Evelina Xromchenkodan ham oshib tushganini bildirishdi.

Shuningdek, Vatandoshlarimiz O‘zbekiston bayrog‘i bilan ushbu tadbirga kelib Shahzodani qo‘llab-quvvatlagani ham tashkilotchilar tarafidan hayrat bilan aytib o‘tildi.

Uch kunlik festival ilk kuni tekstil sanoati yarmarkasi, ikkinchi kun mashhur modeler Vyacheslav Zaysev modalar uyiga sayr hamda uchinchi kun moda liboslar namoyishi va taqdirlashni o‘z ichiga olgan.

Namoyishdan so‘ng Shahzoda diplom bilan taqdirlanib Vyacheslav Zaysevning eng yuqori bahosi va maxsus sovg‘asi "Magistr" kitobi bilan taqdirlandi.

79 yoshdagi mashhur modeler Vyacheslav Zaysev xamrohi yordamida bazo‘r harakatlanayotgani bois Shahzodani taqdirlash payti, u tomoshabinlar zalidan o‘rnidan turib o‘zi sahnaga kelib Shahzodaga mukofot topshirgani barchani hayratlantirdi.

Zaysevning modalar uyida Shaxzoda o‘zining eng sevimli modeleri bo‘lmish kumirining nafaqat dizaynerlik mahorati natijalari to‘plangan muzeyi balki uning rassomlik iqtidori namoyonlangan ko‘rgazma zalida ham chizgan rasmlari bilan tanishdi.

O‘z kumirini razmerini bilmay va faqatgina suratga qarab tavakkaliga Toshkentdan tikib olib borgan adrasdan kostyum-syurtyuk va do‘ppisini Shahzoda o‘zi Zaysevga kiydirishga muvaffaq bo‘ldi. Buni qarangki kostyum unga lop loyiq keldi.

Zaysev Shahzodani o‘lcham olmay loyiq tikkanini ertasi kungi festivalda ham alohida e’tirof etdi.

Festivalning ertasi kuni Shahzoda Moskvadagi bir restoranda vatandoshlarimizdan tashkil topgan muhlislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shu yili endi noyabr oyida Germaniyada ham liboslar to‘plamini taqdim etishini ma’lum qilar ekan, mamlakatlarni nafaqat sport va san’at balki podiumlar ham birlashtirishi va bunda U o‘zbek bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarishga intilishini bildiradi.

O‘zbekiston nafaqat boy arxitekturasi bilan balki, go‘zal va nafis matolari bilan xam mashhur ekani xamda buni butun dunyo bilishi kerakligi Shahzodaning oliy maqsadi ekanini ma’lum qildi.












Manba: Sayyod.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedova mashhur modeler Zaysevning sovg‘asiga sazovor bo‘ldi (Foto)