
“Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z va xonanda Farruh Raimov oilasida yana bir qizaloq dunyoga keldi.
6 sentyabr kuniga o‘tar kechasi dunyoga kelgan farzand haqidagi ilk xushxabarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.
“Qalampir.uz” nashri yozishicha, hozirda xonanda ham, jajji mehmon ham o‘zini yaxshi his qilayabdi. Chaqaloq haqidagi ma’lumotlar hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi Go‘zal Jumaniyozova va Farruh Raimov oilasidagi ilk farzand ham qiz bo‘lib, u 2015 yilda dunyoga kelgan edi. Qizaloqqa Dilso‘z ismi qo‘yilgan edi.
Ijodkorlarni yangi mehmon bilan tabriklab, qizaloq umri uzoq va baxtli qiz bo‘lib voyaga yetishiga tilakdoshmiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar