14:43 / 07.09.2017
8 022

Shabnami Surayyo 9 sentyabr kuni Toshkentga keladi

Shabnami Surayyo 9 sentyabr kuni Toshkentga keladi
Yoz mavsumi boshlarida O‘zbekistonga Jan Klod Van Damm, Jeff Monson kelishi haqidagi xabarlar shov-shuvga aylanib ketgan edi.

Ular 9 sentyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan “Asian Fight–2017” sport shousida ishtirok etishlari belgilangan edi.

Mazkur tadbirga bir necha kun qolganida Jan-Klod Van Dammning ishtiroki bekor qilinganligi xabar qilindi.

Bundan biroz oldinroq Jan Klod Van Damm ortidan Jeff Monson ham Toshkentga kelolmasligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.

Tadbir tashkilotchisi hisoblangan Qobil Ahmedovning aytishicha, Van Damm salomatligi og‘irlashganligi sababli Toshkentga kela olmaydigan bo‘ldi. Jeff Monson bilan tuzilgan shartnoma ham umumiy bo‘lganligi uchun, u ham kela olmaydigan bo‘ldi.

9 sentyabr kuni o‘tkaziladigan “Asian Fight–2017” sport shousi tashkilotchilari tadbirning madaniy qismi bo‘yicha ham ma’lumot berdilar. Tojikistonning mashhur ijodkori hisoblangan Shabnami Surayyo shu kuni Toshkentga kelishi kutilmoqda. U mehmon sifatida shouda ishtirok etadi. Bundan tashqari, shu kuni Tojikistondan Jonibek Murodov ham keladi.

Shouda o‘zbek shou-biznesi vakillaridan Nilufar Usmonova, Munisa Rizayeva, Sardor Rahimxon, Tohir Sodiqov, Nilufar, Manzura, Ravshan Sobirov, Karen Gafurjonov hamda “Oazis” guruhi ishtirok etishi kutilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shabnami Surayyo 9 sentyabr kuni Toshkentga keladi