14:02 / 08.09.2017
13 030

«Istiqlol» san’at saroyi direktori: «Million» jamoasining konsertida balkonda joy talashib janjallashgan yigitlar haqida...

«Istiqlol» san’at saroyi direktori: «Million» jamoasining konsertida balkonda joy talashib janjallashgan yigitlar haqida...
«Istiqlol» san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi.

Saroy direktori suhbat davomida «Million» jamoasining 2017 yil aprel oyidagi konserti vaqtida saroy balkonida ikki yigitning joy talashib ko‘targan janjaliga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Million» jamoasi konserti vaqtida yoshlar balkonda joy talashib urishib qolgan. Bir yigit o‘z joyini qidirib, joyiga o‘tirayotganda, boshqa bir yigit «Nega mening yuzimga fonar tutayapsan?», deb urishib ketgan. Militsiya xodimlari ikkisini ham ajratib, ularning ustidan ish qo‘zg‘adi.

Bu nima degan gap, o‘zini ko‘rsatishmi bu? Avvalo bunday bolalarga ota-onasi yaxshi tarbiya bergan bo‘lishi kerak. «Istiqlol» san’at saroyi ular tartibsizlik qiladigan joy emas-ku!

To‘rt mingga yaqin odamning ko‘nglini olishimiz kerak. Har xil odam, har xil tomoshabin bor. Avvalo shunday tartibsiz yoshlarimizda konsertga kelish, saroyda o‘tirish va konsert tomosha qilish madaniyatini ko‘tarish kerak.
Isroil G‘ulomov, «Istiqlol» san’at saroyining direktori


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Istiqlol» san’at saroyi direktori: «Million» jamoasining konsertida balkonda joy talashib janjallashgan yigitlar haqida...