23:03 / 08.09.2017
7 002

Milliarder Karlos Slim va qo‘shiqchi Shakira — ularni nima bog‘lab turadi?

Milliarder Karlos Slim va qo‘shiqchi Shakira — ularni nima bog‘lab turadi?
Argentina sobiq prezidenti Karlos Menem, Kolumbiya sobiq Davlat vaziri Xulio Sezar Turbay, Ekvadorning sobiq prezidenti Abdulloh Jaim Bujaram, dunyoning eng boy kishilardan biri Karlos Slim va qo‘shiqchi Shakira — bularning barchasini bir narsa bog‘lab turadi.

Barchasining laqabi “el-Turko” ekanligi yuqoridagilarning yagona o‘xshash tomonidir...

Xo‘sh, “el-Turko”lar kim? Nega ular bunday atalgan?

XIX asrning oxiri–XX asrning birinchi choragida Usmoniylar imperiyasi hududida yashovchi arablar ommaviy ravishda Lotin Amerikasi tomon ko‘chib keta boshlagan. Lotin Amerikasiga ko‘chib kelgan arablar mahalliy aholi tomonidan “el-Turko”, ya’ni “turklar” deb nomlangan.

“Lotin Amerikasida arablar, ularning ko‘chish tarixi” asari muallifi Abdullahad Akmir ma’lumotiga ko‘ra, ko‘chib kelgan arablar dastavval o‘z farzanlariga ispancha ismlar qo‘ygan bo‘lsa, keyinchalik qarindosh-urug‘chilik kengayaverib dinlarini ham o‘zgartirishga majbur bo‘lishgan.

Chunki ular oldin islom, bundan tashqari, nasroniylik dinining provaslav (ortadoks, marunit) mazhabiga e’tiqod qilishgan. Dastlabki ko‘chish davrida Usmoniylar imperiyasining 500 ming (katta qismi arablardan iborat) aholisi Lotin Amerikasi mamlakatlariga ko‘chib o‘tishgan.

Ular o‘z yurtini ma’lum bir iqtisodiy va siyosiy sabablar vajida tashlab ketganlar. Bugungi kunda ular elat sifatida arab madaniyati va san’atini qisman saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirgi kunda Lotin Amerikasida yigirma millionga yaqin “el-Turko” yashamoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Milliarder Karlos Slim va qo‘shiqchi Shakira — ularni nima bog‘lab turadi?