Avvalroq sizga “Milliy TV” orqali namoyish etilayotgan “Ko‘sem” tarixiy mavzudagi turk seriali haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etgan edik. Endi esa e’tiboringizga serialning bosh qahramoni ― Ko‘sem Sulton obrazida gavdalangan aktrisalarga doir ma’lumotlarni havola etamiz.
Buni qarangki, Ko‘sem Sulton ijrosini bir emas, naq to‘rtta aktrisa ijro etgan bo‘lib, yoshlik davrida Gyushes Shensoy, keyingi davrlarda esa Anastasiya Tsilimpou, Beren Saat va Nurgul Yeshilchaylarning ijrosini ko‘rish mumkin.
Keling, dastlab yosh aktrisa haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
2001 yil 22 noyabrda Turkiyaning Istambul shahrida tavallud topgan Gyushes Shensoy aktyorlik mahorati, qo‘shiqchilik va raqs san’ati bilan shug‘ullanadi. U ilk bor 2015 yilda Turkiya, Fransiya, Qatar va Germaniya hamkorligida suratga olingan “Mustang” filmida ishtirok etgan.
Mazkur filmdagi ijrosi sabab u Xalqaro badiiy filmlar konfederatsiyasida Kann mukofotiga sazovor bo‘ldi. 13 yoshli aktrisa minglab talabgorlar ichidan Ko‘sem roliga tanlab olindi va hayotidagi ikkinchi film ― “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem imperiyasi”da suratga tushdi.
Eng qizig‘i, kichik Ko‘sem Sultonni biz serialning o‘zida uchratmaymiz. Gyunesh Nezixe Shensoy serialning butun dunyoga namoyish etilgan promo-roligidagina ishtirok etgan.
Serialning ilk qismidanoq Ko‘sem Sulton rolini 1997 yil 12 noyabrda Afinada tavallud topgan Anastasiya Tsilimpou ijro etadi.
Ushbu grek aktrisasi yoshlik davridanoq ko‘plab filmlarning kastinglarida ishtirok etadi va 6 yoshligidayoq grek teleseriallaridan birida o‘zining ilk rolini o‘ynaydi.
8 yoshligida esa “Angel yuragi” kartinasida suratga tushadi. 2005 yilda “Enni Silivan mo‘’jizasi” teleserialida bosh rol ijrosi uchun taklif etiladi. Aynan shu serialdagi ijrosi uni butun Gretsiyaga mashhur qiladi.
Shundan so‘ng, 2010 yilda Anastasiya Tsilimpou “Yulduzlar jangi” filmida ishtirok etadi, “Orol” serialida muhim rollardan birini ijro etadi.
2015 yilda esa aktrisani uzoq kutilgan turk seriali “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem imperiyasi”ga Ko‘sem Sulton roli uchun taklif qilishdi. Serial ijodkorlarining aytishicha, ular mazkur rol uchun bir yil davomida butun dunyodan aktrisa izlashgan va nihoyat Gretsiyadan topishgan. Qolaversa, tarixda ham Ko‘sem Sultonning yunon bo‘lgani aytiladi.
Mazkur serial sharofati bilan Anastasiya Gretsiyadagi eng ko‘p daromad ko‘ruvchi aktrisalardan biriga aylandi. U “Ko‘sem” serialidagi har bir qismi uchun 30 ming turk lirasi olgan.
“Ko‘sem” serialining 1- va 2-fasllarida Ko‘sem Sulton rolini ijro etgan mashhur turk aktrisasi Beren Saat 1984 yil 26 fevralda Turkiyaning Anqara shahrida tavallud topgan.
U talabalik davridanoq boshlang‘ich aktyorlar uchun tashkil etilgan turli tanlovlarda ishtirok etgan va Tomris Giritlioğlu’nun brother tanlovida g‘olib bo‘lib, o‘zining ilk debyut rolini ijro etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Shundan so‘ng u bir necha seriallarda ham turli rollarni ijro eta boshlagan. Unga eng katta muvaffaqiyat olib kelgan film bu “Ta’qiqlangan muhabbat”dagi Bixter rolidir. Mazkur filmdagi ijrosi uchun aktrisa Turkiyadagi eng mashhur mukofotlardan biri ― “Oltin kapalak”ka sazovor bo‘lgan.
“Fatmagulning aybi nima?” ― uning navbatdagi filmi shunday nomlanadi. Unda turkiyalik ayollarning muammolari aks ettirilib, filmdagi rol Beren Saatga yana bir karra muvaffaqiyat olib keladi. U hozirga qadar 10 dan ortiq filmlarda ishtirok etgan.
Beren Saat Turkiyaning mashhur qo‘shiqchisi Kenan Douluga turmushga chiqqan.
Tomoshabinlar ichida turk aktrisasi Nurgul Yeshilchayni tanimaydigan, uning filmlarini sevib tomosha qilmaydigan muxlis bo‘lmasa kerak. Sevimli aktrisa “Ko‘sem” serialida ham bosh rolni ijro etdi. Aktrisa 1976 yil Turkiyaning Afon-Karaxisare shahrida tavallud topgan.
Kino olamidagi ilk karerasini aktrisa 1998 yildan boshlagan. Uning ijrosidagi “Hammasi yaxshi bo‘ladi” filmi eng xit filmlar qatoridan o‘rin olgan. U 20 dan ortiq serial va kinolarda suratga tushgan. Ulardan eng mashhuri “Ko‘sem” serialidir. Qolaversa, u o‘zbekistonlik muxlislarga “Ishkomli uy” serialidagi Bahor roli bilan ham taniqli.
Shaxsiy hayotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Nurgul Yeshilchay 2004 yilda “Jema ko‘li” filmida ishtirok etgan aktyorga turmushga chiqadi. 2005 yilda esa ular o‘g‘il farzandlik bo‘lishadi. Biroq shaxsiy hayotidagi ayrim muammolar sabab aktrisa 2010 yilda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashadi.
“Ko‘sem” serialining navbatdagi ijodkorlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, bizni kuzatib boring!
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi