date

Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i rafiqasining otasi tomonidan unga tahdid qilinayotganini aytdi

Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i rafiqasining otasi tomonidan unga tahdid qilinayotganini aytdi

Marhum xonanda Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i, teleboshlovchi Dmitriy Shepelev polisiyaga marhum rafiqasining otasi unga tahdid qilayotgani yuzasidan murojaat qildi, deb ma’lum qilinmoqda OAVlarda.

Shepelev arizasida Friskening otasi unga bir necha bor tahdidlar qilganini aytgan.

Friskening otasi va Shepelev o‘rtasidagi nizoga teleboshlovchi va Friskening ikki yoshli farzandi Platon sabab bo‘lmoqda.

Xonandaning o‘limidan keyin uning o‘g‘li otasi bilan birga yashamoqda, biroq Friskening otasi bolakay ularnikida yashashini talab qilmoqda.

Janna Friske saraton kasalligi sababli 41 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Xonanda 2013 yilning yozidan boshlab ikki yil davomida bosh miya o‘simtasi bilan kurashib kelgan, turli shifoxonalarda davolanish kurslari o‘tgan. Biroq kasallik baribir o‘z hukmini o‘tkazgan va xonanda 15 iyunda olamdan ko‘z yumgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Janna Friskening beva turmush o‘rtog‘i rafiqasining otasi tomonidan unga tahdid qilinayotganini aytdi