Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Janubiy Koreya kinolari festivali ochildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar bermoqda.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi hamda O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning yashay boshlaganining 80 yilligiga bag‘ishlab «O‘zbekkino» Milliy agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.
Marosimda ijodiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, kinorejissyorlar va san’atsevar yoshlar ishtirok etdi.
Madaniy anjuman Li Xvan Gyon tomonidan suratga olingan «Yettinchi kameradagi mo‘’jiza» filmi bilan boshlandi. Unda oilaviy munosabatlar, yoshlar hayoti, sadoqat va inson irodasi haqida hikoya qilinadi.
Tadbir kunlari Janubiy koreyalik kinoijodkorlarning «Qirol tikuvchisi», «Abadiy» va «Mojaro sababchilari» filmlari namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"