11:15 / 05.10.2017
11 127

Sonda bor-u, sifati yo‘q kliplar...

Sonda bor-u, sifati yo‘q kliplar...
"Darakchi" gazetasining ko‘p sonli mushtariylarining talab va takliflarini inobatga olganda kliplar mavzusini yana davom ettirishga qaror qildik, deb yozadi Darakchi nashri. Musiqiy kanallardagi yangi kliplar ketma-ketligini kuzatar ekanmiz, ularning sanog‘ida adashib ketish hech gapmas. Bugungi kliplar tahlili esa aynan eng so‘nggi ijod mahsullari haqida. Ro‘yxatimizda esa sifati emas songa e’tibor beradiganlar hamda katta mablag‘ evaziga sifatsiz klip suratga olgan professional klipmeykerlarni ham uchratishingiz mumkin.

YIGITLARNING “ARABChA” RAQSI
Kanizaning kliplari tanqidchilar tomonidan muntazam ravishda tanqid qilib kelinadi. Masalan, o‘tgan yillardagi “His et” klipida madaniyatimiz va ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan kadrlar, xonanda xatti-harakatlari gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan. Shuningdek, so‘nggi “Go‘zal” klipi ham komedik janrda suratga olingan bo‘lsa-da, maqsadi noaniq deb topildi. Shunga qaramay xonanda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmadi. Arab yo‘nalishidagi “Lilla” klipida xonanda yosh aktrisa Luiza Rasulova bilan birgalikda arabcha raqs harakatlarini “qoyillatishgan”.




Klipda rol o‘ynashga rozi bo‘lgan “raqqos” yigitlarga ham qoyil qolmaysiz. Nega deysizmi, chunki arabcha raqs yo‘nalishida qizlar bajaradigan harakatlarni ular ham ijro etishgan. (!) Klipning yakunida raqsda qizlar yigitlar guruhini go‘yoki mag‘lub etishadi. Klip rejissyori Dilmurod Agzamov ssenariy yozayotganda, uning g‘oyasi, maqsadi, mazmuni bo‘lishi kerakligini unutgan ko‘rinadi.

NAHOTKI BU NARIMONNING KLIPI?
Bugun xonandalikka qo‘l urgan yosh ijodkorlar, mashhur va mahoratli klipmeyker bilan hamkorlik qilishni rejalashtirishadi. To‘g‘rida, klipmeykerning mashhurligi evaziga uning klipi ham tilga tushadi. Yosh estrada xonandalaridan biri Budur taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda ham aynan mana shu usulni tanlagan ko‘­rinadi. Uning navbatdagi yangi “Jaga jaga” klipi rejissyori hammaga ma’lum va mashhur Narimon Sultonxo‘jayev. Har doimgidek Narimon o‘zi suratga olgan klipda bosh rol ijro etgan. Uning hamkasbi rolida xonandaning o‘zi. Xullas, voqealar davomida bir-birini rashk qilgan ham­kasblarning janjali va akrobatik harakatlar bilan amalga oshirilgan raqslarni tomosha qilasiz.





Afsuski, ushbu klipga Narimon Sultonxo‘jayevning kliplariga nisbatan kamdan-kam kuzatiladigan sifatsiz degan ta’rifni berishga to‘g‘ri keladi. Narimon o‘z mashhurligi bilan Budurni reklama qilib bermoqchi shekilli. Xullas o‘z tajribasiga ega professional klipmeykerga ijodida avvalgidek sifatga e’tibor berishni maslahat berishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

ShOShIB IShLANGAN KLIP
Bahriddin Zuhriddinov ijodini boshlashi bilan tilga tushgan xonandalardan. U nooda­tiy mavzularni tanlab, noodatiy kliplarni suratga olishi bilan ham e’tiborni tortib keladi.



Ilk kliplarida u katta gamburger izlab “o‘zga sayyora”ga borgan bo‘lsa, keyingi kliplarida Muyassar ismli qizni holu joniga qo‘ymasdan daftar ko‘chirib berishiga majbur qilgandi. Komik yo‘nalishdagi kliplari bilan tanilib kelayotgan xonanda yangi klipda Abdulaziz Turg‘unov bilan hamkorlik qilib, faqat trek yo‘nalishiga mu­ro­jaat­ etdi. “Adashdim” qo‘shig‘iga xonanda to‘rtta raqqosani chaqirib, sozandalarini yig‘ganu, tezda klip suratga olgan ko‘rinadi. Klip qo‘l uchida, ya’ni klip­lar sonini ko‘paytirish maqsadida olingani ko‘rinib turibdi. Bahriddin Zuhriddinovning hadeb bir xil kadr­larda chiqaverishi esa tomoshabinni zeriktiradi, qolaversa, xonanda liboslariga alohida e’tibor berib, iloji bo‘lsa stilistlar bilan hamkorlik qilsa yomon bo‘lmasdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sonda bor-u, sifati yo‘q kliplar...