Joriy yilninig 6 oktyabrida O‘zbekiston madaniyati kunlari dasturi doirasida Qirg‘izistonning "Oktyabr" kinoteatrida "Oyqiz ertagi" filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Madaniyat markazi rahbari hamda Qirg‘iziston madaniyat vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqdilar.
"Oyqiz ertagi" filmi tarixiy-ertak, fentezi janrida suratga olingan bo‘lib, keskin sahnalarga boy, qiziqarli va o‘tkir syujet orqali aktyorlar ijrosida hilma-xil, murakkab harakatlar va xarakterlar ochib berilgan. Aktyorlar jangovor va keskin sahnalardagi barcha xarakatlarni o‘zlari bajargan bo‘lib, rejissyor tomonidan qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajara olganlar deyish mumkin.
Filmda ko‘hna Sharqda joylashgan Sarang mamlakatida ro‘y bergan voqealar haqida so‘zlanadi. Unda oydin tunda tug‘ilgan go‘zal malika Oyqiz taqdiri va uning yovuzlar tufayli boshidan kechirgan qismati hikoya qilinadi.
Kartinada Vatanni sevish, uning daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar, sevgi-muhabbat, yovuzlik va adolat kabi mavzular ilgari surilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?