date

Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasini tark etadi

Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasini tark etadi

Rossiyalik xonanda Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” teleloyihasidagi boshlovchilikdan voz kechdi. Bu haqda u Super portaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Rossiya 1” kanalining loyihasi bo‘lmish “Glavnaya ssena”ning to‘rt qismida ishtirok etgan san’atkor yo‘lini mustaqil davom ettirishini bildirdi.

“S’yomkalar chog‘ida ekranda ko‘rganlarim bu ko‘rsatuv haqidagi tasavvurlarimga umuman mos kelmaydi, - dedi Zokirova. – Men shou yaratuvchilari va ishtirokchilariga iliq munosabatdaman, ammo, o‘ylashimcha, boshlovchi emas, qo‘shiqchiman. Vaqti kelib boshlovchi bo‘lsam ham, boshqa musiqiy shouda bo‘laman”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasini tark etadi