
Kuni kecha Hindistondagi madam Tyusso muzeyiga joylashtirilgan Anjelina Jolining mum haykali yonida Londondagi muzeydan farqli o’laroq Bred Pitt haykali yo’q. Bu yerda aktrisa qora to’rli oqshom libosi va taqinchoqlar bilan bezangan ko’rinishda tasvirlangan.
Salkam 10 yil birga hayot kechirgan aktyorlar oilasining mum haykali Londondagi muzeyga 2013 yili joylashtirilgan edi. Oila parokanda bo’lgach, ularning haykali ham bir-biridan uzoqlashtirib qo’yildi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar