22:16 / 05.11.2017
7 929

Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?
Mayli, sakkiz tilni bilganing yaxshi,
Xorijiy yurtlarda bo‘lganing yaxshi.
Ammo, bir ishing deb o‘lganing yaxshi,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Ming yil chiransangda sendan chiqmas rus,
Sochingga bersangda bo‘yab sariq tus.
Tovuqqa ham taqlid qilarmi tovus?
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Xo‘p, zamonaviy bo‘l, to‘plagin oltin,
Sen o‘xshash istagan o‘shal zotlar chin.
“Bismilloh” ham aytmas taomdan oldin,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Sening bobong Temur! Groznыy emas,
Sen “chistыy” millatsan “gryaznыy” emas.
Ruslar uchun “mraz”san, o‘zbek uchun “maraz”,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Sen uchun otang “paxan”, onang “mamashka”,
Moychechak ham sen uchun oddiy “romashka”.
O‘zi “qo‘y” ekansan, yo‘g‘e “barashka”,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Bu ketishda oxir sendayin nokas,
Islom dinidan kechib cho‘qinmasang bas!
Vinomish qo‘lingda sharob, musallas.
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Juda dimog‘dorsan inglizlardek,
Diding ham nozikdir tannoz qizlardek.
Ming qilsa ham sensan “Made in Uzbek”,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Millatchimasman-u uchiga chiqqan,
Bu iflos odating ayt kimdan yuqqan?
Seni Natashamas, Halima tuqqan!
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Masxara qilasan do‘ppi sallani,
“Kolыbel” ataysan hatto allani.
Qo‘y go‘shtiga qo‘shib yeysan “salani”
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Sen uchun o‘zbekning hammasi “xarip”,
Bizlar boboymishmiz qolganmiz qarib.
Gitler ham qolmagan buncha o‘zgarib,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Yetti yoshga to‘ldi farzanding Qudrat,
Haligacha uni qilmading sunnat.
Padaringga emas, o‘zingga la’nat!
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Seni kim deb atay, bir ajnabiymi?
Bir sen ijobiy-u, hamma salbiymi?
Alisher deymi yo, Alyosha deymi?
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Deysan “uch yuz ko‘kin” senga to‘larman,
“Napishi mne stix” , muxlisi ko‘pman.
Senday otarchiga she’r yozib bo‘bman!
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

O‘zbeklar yovvoyi “dikiy” deyapsan
“Romkangdan” chiqyapsan”, “derzkiy ketyapsan”
Uyatsiz! O‘zbekning nonin yeyapsan,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Bor, boshqa bezovta qilmagin mani,
O‘zbekcha so‘kish ham uvoldir sani,
Yonimdan tur yo‘qol! Ket qani,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Mayli, ne qilsang qil, tinch ham qo‘yaylik,
Faqat o‘lsang aytchi, qanday ko‘maylik?
Yo saning qabringga xoch o‘rnataylik?
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?

Tilim qichiydida, Renisning she’ri,
Yolg‘ondan naridir, aldovdan beri,
O‘ris bo‘lmaganku, onangning eri,
Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?.

Abdurahmon Meshayan.

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Buncha uyalmasang o‘zbekligingdan?