Taniqli kinoaktyor O‘lmas Alixo‘jaev olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jaev 74 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».
U kinodagi juda ko‘p, jumladan, «O‘tgan kunlari» badiiy filmida Otabek, «Ulug‘bek yulduzi»da Ali Qushchi, ko‘p seriyali «Olovli yo‘llar» televizion badiiy filmida Hamza singari o‘nlab rollarni mahorat bilan ijro etgan edi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Kinoarboblari birlashmasi O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jaevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi, deyiladi agentlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing