
Anjelina Joli sobiq umr yo’ldoshi Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin ham farzandlarini mehr ila yakka o’zi tarbiyalashda davom etmoqda. U bolalarini maktabdan tashqari mashg’ulotlarga shaxsan o’zi olib borishga kirishgan.
Anjelina Joli Xellouin bayramidan so’ng 9 yoshli qizi Vivenni karate maktabiga olib bordi va onalarcha g’amxo’rligi bilan bu yerdagi ota-onalarning hayratiga sazovor bo’ldi.
“Viven har safar mashq qilganida Anjelina uning har bir qadamini kuzatib turadi va qiziga qarab jilmayib qo’yadi. Bu juda yoqimli holat” deydi onalardan biri jurnalistlarga qarata.
Xabarda aytilishicha, ayriliqdan keyin barcha maishiy masalalar bilan Anjelinaning o’zi shug’ullana boshlagan va hatto pazandalik kurslariga yozilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar