date

21 oktyabr — «Kelajakka qaytib» filmida kelajakdagi voqealar sodir bo‘lgan sana

21 oktyabr — «Kelajakka qaytib» filmida kelajakdagi voqealar sodir bo‘lgan sana

Bugun, 21 oktyabr — «Kelajakka qaytib» (Back to the Future) filmida kelajakdagi voqealar sodir bo‘lgan sana. Bu haqda Mashable'ga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Filmning ikkinchi qismida qahramonlar — Marti Makflay va Emmet Braun vaqt mashinasida sayohat qilish uchun 2015 yil 21 oktyabr sanasini tanlagan edi.

Marti va Jennifer bilan Kaliforniya osmonida mashinada uchib ketayotib, Dok sana va vaqtni «2015 yil 21 oktyabr, chorshanba soat 16:29» deya ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joiz, 2015 yilda trilogiya birinchi film katta ekranlarga chiqqaniga 30 yil to‘lganini nishonlamoqda. «Kelajakka qaytib» filmining birinchisi 1985 yilda chiqarilgan bo‘lsa, keyingi ikkita film 1989 va 1990 yillarda ekranlarda paydo bo‘lgan. Trilogiyaga Robert Zemekis rejissyorlik qilgan.

Ushbu sana o‘zbekistonliklarni ham befarq qoldirmadi. Gap shundaki, 20—22 oktyabr kunlari «Yoshlar» telekanalida «Kelajakka qaytib» trilogiyasi ketma-ket efirga uzatilmoqda. Bugun 22:30 da filmning aynan ikkinchi qismi namoyish qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » 21 oktyabr — «Kelajakka qaytib» filmida kelajakdagi voqealar sodir bo‘lgan sana