
Kanadiyalik xonanda Jastin Biberning tan soqchisi Maykl Arana AQShning Florida shtati Mayami shahrida hibsga olindi. Bu haqda «TMZ»ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.
Alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan Arana shaxsiy avtomobilida politsiya mashinasiga kelib urilgan. YTH oqibatida ikki nafar politsiyachi jarohatlangan. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Arana YTH sodir bo‘lgan joydan yashiringan, biroq bir necha soatdan so‘ng hibsga olingan. Uning cho‘ntagidan alkogol mahsulotlari xarid qilingani haqidagi chek topilgan. Arana alkogol ichimlik ichgani yuzasidan test topshirishdan bosh tortgan. Unga nisbatan mast holda avtomobil boshqarish va jinoyat joyidan qochishga uringanlik kabi ayblovlar ilgari surilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar