
Billboard jurnali musiqa sohasida yutuqlarga erishgan ayollar uchun tantanali marosim tashkil etganidan xabaringiz bor. Galdagi marosimda xonanda Selena Gomes “Yil ayoli” nomiga sazovor bo’ldi.
Selena ushbu tantanaga 29 yoshli dugonasi Fransiya Raysa bilan tashrif buyurgan.
Eslatib o’tamiz, Fransiya Selenaga buyrak ko’chirish operatsiyasi uchun donor vazifasini bajargandi.
Xabarda aytilishicha, xonanda mukofotni qo’lga olgach, ko’zda yosh bilan “Bu mukofotni Fransis olishi kerak... U mening hayotimni saqlab qoldi” degan.
Ushbu ikki dugona o’tkazilgan buyrak ko’chirish operatsiyasidan keyin Instagram ijtimoiy tarmog’ida juda mashhur bo’lib ketishgan va ularning munosabatlari ajoyib do’stlik namunasi sifatida ko’pchilikka o’rnak qilib ko’rsatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar