“Kelajakka qaytish” filmidagi Dok Braun Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi


“Kelajakka qaytish” film-trilogiyasining asosiy qahramonlaridan bo‘lmish Dok Braun (aktyor Kristofer Lloyd ijrosida) Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi.
“Bugun 2015 yilning 21 oktyabri va nihoyat kelajak shu yerda. U biz o‘ylaganchilik emas ekan, ammo bundan keyingi kelajak haqda hech narsa deya olmaymiz. Kelajak siz qanday yaratsangiz, shunday bo‘ladi. shu bois uni yaxshi bo‘lishiga harakat qiling!”, - dedi aktyor video orqali.
Bu rolik filmning rasmiy sahifasida ancha ommalashdi va filmning chiqqaniga 30 yil to‘lishi munosabati bilan katta qiziqish uyg‘otdi.































Izohlar 0
…