15 476
Yulduz Usmonova – sabri sinovda toblangan el sevgan hofiza 54 yoshni qarshiladi (Foto)
12 dekabr sanasini o‘zbekistonlik san’at shinavandalari, xususan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning muxlislari boshqacha qarshilaydilar. Boisi shu kuni qo‘shiqlari bilan millionlab oilalarga, ko‘ngillarga kirib borgan, ulardan o‘z o‘rnini topgan xonanda, el suygan san’atkor Yulduz Usmonova tavallud topgan.
Kecha, 12 dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 54 yoshni qarshiladi. Xonanda tavallud ayyomini Toshkentdagi uyida oilasi, do‘stlari, ijodiy jamoasi, san’atkorlar va shogirdlari davrasida nishonladi.
Xonandaning tavallud ayyomiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mavluda Asalxo‘jayeva, Obid Asomov, qiziqchilar O‘tkir Muhammadxo‘jayev, Shukurillo Isroilov, xonandalar Ulug‘bek Otajonov, Manzura Yo‘ldosheva, Shahzoda, Dineyra, aktrisalar Shahzoda Matchonova, Halima Ibragimova, telejurnalistlar Nasriddin Asriddinov, Otabek Tojiboyev tashrif buyurdi.
San’atkorning shaxsiyati, uning shaxs sifatida jamiyatda tutgan o‘rni, so‘zi, qarashlari, fikrlashi, haqida gap ketganda, shubhasiz Yulduz Usmonovani misol tariqasida keltirish mumkin. To‘g‘ri, u shartaki, o‘ylaganini gapirib, haqiqatga tik boqadiganlardan va bu haqiqatdan qo‘rqmaydiganlardan. Shu bois ham uning bugungacha kelishi oson kechgani yo‘q. Topishlar evaziga boy berilgan yo‘qotishlar, hayot zarbalari, cheklovlar Yulduzni tobladi, sabrini sinovdan o‘tkazdi. Xalqni unga qancha sog‘intirgan bo‘lsa, uni ham xalqqa shuncha sog‘intirdi. Har ikki tarafga qadrini, qiymatini ko‘rsatdi. Yulduz 10 yil televideniyeda ko‘rinmadi, radiolarda qo‘shiqlari jarang sochmadi. Biroq uni unutmadilar, qo‘shiqlarini qidirib eshitdilar, kerak bo‘lsa xorijdagi konsertlariga yo‘l bosib bordilar. Bir san’atkorning xalq orasida topgan obro‘si, e’tibori shunchalik bo‘lar. Yo bu qadar mehr muhabbatga erishgan boshqa o‘zbek xonandasini bilasizmi?
Yulduzni ko‘kka ko‘tarishdan yiroqmiz. U ham xatolardan xoli emas. Aybi – biroz tili o‘tkirligi, ichiga yutolmasligi, gap kelganda ayamasligida. Bu – kamchilikmi yo yutuq, bunisi bizga qorong‘u.
Yulduz Usmonova ijodida 2016 yildan buyon yangi davr boshlandi. 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida u katta sahnalarga qaytdi. 10 yillik yo‘qotishdan so‘ng yana Yulduzni, Yulduzimizni topdik. Endi u yanada toblangan, yanada kuch-g‘ayratga to‘lgan.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani tavallud topgan kuni bilan muborakbod etib, unga sog‘lik va ijodiy parvozlar tilaymiz! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi