00:23 / 17.12.2017
9 570

“Iroq go’zali”ning oilasi uning “Isroil go’zali” bilan tushgan selfisi uchun mamlakatdan qochib ketishga majbur bo’ldi

“Ироқ гўзали”нинг оиласи унинг “Исроил гўзали” билан тушган селфиси учун мамлакатдан қочиб кетишга мажбур бўлди
Ushbu ikki mamlakat vakilalari “Koinot go’zali” tanlovi jarayonlarida birgalikda suratga tushganlar.

Mazkur selfidan so’ng “Iroq go’zali” Sara Idanning oilasi mamlakatdan AQShga qochib ketishga majbur bo’ldi. Qizning aytishicha, unga “Iroq go’zali” unvonidan mahrum qilishlari va suratni o’chirib tashlagan holda uyga qatmasa o’ldirishlarini aytib tahdid qilmoqdalar.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Sara Idan va Adar Gandeslmanning ushbu surati ostiga “Iroq go’zali” va “Isroil go’zali”dan tinchlik va muhabbat” degan izoh yozilgan.

Biroq, ushbu murosaga qarshi chiquvchi insonlar ham darrov topila qoldi. Gap shundaki, Irok Isroilni tan olmaydi va ikki mamlakat orasida diplomatik aloqalar ham mavjud emas.

“Ushbu surat men Isroil hukumati yoki uning arab mamlakatlariga nisbatan qo’llayotgan siyosati tarafdori ekanligimni anglatmaydi. Buni Falastin ishiga doir haqorat sifatida qabul qilgan hammadan uzr so’rayman – men buni maqsad qilmagandim” deydi Sara.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Iroq go’zali”ning oilasi uning “Isroil go’zali” bilan tushgan selfisi uchun mamlakatdan qochib ketishga majbur bo’ldi