09:04 / 24.12.2017
7 458

Enrike Iglesiasni Toshkentga milliarder Alisher Usmonov olib kelmoqda

Enrike Iglesiasni Toshkentga milliarder Alisher Usmonov olib kelmoqda
Jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning ko‘magida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Nuz.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti 28 dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan (shu sabab taniqli so‘z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018 yilga o‘tib ketdi).

«Nuz.uz» xabariga ko‘ra, ispaniyalik xonandaning konserti chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkiloti va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, o‘qishda va jamoatchilik ishlarida ma’lum bir yutuqlarga erishgan o‘quvchi va talabalar ham Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini qo‘lga kiritishlari mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov boshqa taniqli xonandalar — Robbi Uilyams va Xose Karreraslarning Toshkentdagi konsertlarini uyushtirgani aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Enrike Iglesiasni Toshkentga milliarder Alisher Usmonov olib kelmoqda