
Kanadada «Musiqa sadolari» myuziklida rol ijro etgan aktrisa Xezer Menzes-Yerich 68 yoshda vafot etdi. Bu haqda «Vesti.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Aktrisa 24 dekabr kuni oila a’zolari va yaqinlari qurshovida vafot etdi. Uning o‘g‘li Robert Yerichning aytishicha, aktrisaga o‘limidan bir necha hafta oldin miya saratoni tashxisi qo‘yilgan.
Menzes-Yerich 1965 yilda rejissyor Robert Uayz tomonidan suratga olingan «Musiqa sadolari» myuziklida kapitan fon Trappning qizlaridan biri Luizaning rolini ijro etgan.
Film besh nominatsiya bo‘yicha «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar