13:14 / 08.11.2015
10 376

18 noyabr kuni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi finali bo‘lib o‘tadi

18 noyabr kuni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi finali bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida 18 noyabr kuni “Turkiston” san’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalar hayotida uchrab turadigan muammolar, kamchiliklar va nuqsonlarni yumoristik va satirik janrlar orqali ko‘rsatib berishga qaratilgan ko‘rik-tanlov finalida hududiy bosqichlarda eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar ishtirok etmoqda.

Umarbek Rahmonqulov

Ko‘rik-tanlov boshlovchisi va koordinatori Umarbek Rahmonqulovning ma’lum qilishicha, final bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ilhom”, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Andijon qshloq xo‘jaligi institutining “Og‘alar”, Toshkent avtomobil yo‘llar institutining “Osmondagi bolalar”, O‘zbekiston milliy universitetining “Shovvozlar” va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Duv-duv gap” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » 18 noyabr kuni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi finali bo‘lib o‘tadi
[/banner_pushhouse