date

Xonanda Dilso‘z: o‘sha tug‘uruqxonaning bunday «ish»lariga chek qo‘yish kerak!

Xonanda Dilso‘z: o‘sha tug‘uruqxonaning bunday «ish»lariga chek qo‘yish kerak!

Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimovaning ma’lum qilishicha, uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarining internetda tarqalib ketishi yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. Bu haqda «Darakchi» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri ma’lum qildi.

Dilso‘zning tan olishicha, avvalroq o‘zi aktrisa Xosiyat Husanovaning shifokorlar kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirayotgan vaqtidagi rasmini ko‘rib dahshatga tushgan. «Eshitishimcha, raqqosa Parizodning ham shunday rasmi tarqalgan», — deydi xonanda.

Dilso‘zning aytishicha, u ichki ishlar tizimida ishlagani sabab, suratlari Telegram’da tarqalib ketganidan so‘ng, ularga murojaat qilgan. «Tug‘uruqxonadan chiqishimdan oldin odam yuborishdi, ariza yozib berdim», — deydi xonanda.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. «O‘sha tug‘uruqxonaning bunday «ish»lariga chek qo‘yish kerak! Qaytib u tug‘uruqxonaga bormayman, ishonchimni suiiste’mol qilishdi», — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Dilso‘z 18 oktyabr kuni Toshkentdagi 6-son tug‘uruqxonada qiz farzandlik bo‘lgandi. Avvalroq, xonanda uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarini «rus bo‘lmagan shifokor ayol» tomonidan tarqatilganini gumon qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Dilso‘z: o‘sha tug‘uruqxonaning bunday «ish»lariga chek qo‘yish kerak!