
“TIME”, “V Magazine”, “Vanity Fair”, “Hero”, “Billboard” kabi jahonga mashhur nashrlar Jastin Biberni zamonamizning eng obro’li xonandasi va pop musiqasining yangi shahzodasi deya e’tirof etishdi.
Garchi o’tgan yili xonanda tomonidan yangi qo’shiqlar deyarli taqdim etilmagan bo’lsa ham, uning shu paytgacha bo’lgan faoliyatidagi muvaffaqiyatlari Biberni afsonaviy xonandalar Maykl Jekson, Madonna va Britni Spirsga tenglashtirish uchun imkon bermoqda.
“Despasito” taronasi yilning eng ko’p eshitilgan 3 trekidan biriga aylandi. Xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi folleverlari soni bo’yicha rekordchi ekani aytildi, uning sharafiga Kanadada muzey ochilishi arafasida. Bunday muvaffaqiyatlar eng kuchli tanqidchilarni ham Biberni dunyo shou-biznesi shahzodasi deb tan olishga majbur qilmoqda, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar