
Amerika kino san’ati akademiyasi kecha “Oskar” mukofoti uchun da’vogarlik qiladigan nomzorlarni saralash jarayonini o’z nihoyasiga yetkazdi.
Xabarda aytilishicha, bu yilgi nomzodlar nomi shu oyining 23 sanasida o’qib eshittiriladi. Ovoz berish jarayonining final bosqichi esa 20 fevraldan 27 fevralgacha davom etadi.
Tanlov g’oliblari 4-mart kuni o’z mukofotlariga erishadilar.
Eslatib o’tamiz, Amerika kino akademiyasi o’z tarkibiga 6000 dan ortiq kino ijodkorlarini jamlagan bo’lib, “Yilning eng yaxshi filmi” nomzodlari uchun akademiyaning barcha a’zolari ovoz berishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar