
Bugun nafaqat shou-biznes olami, balki odatiy hayot tarzida ham bepardoz ayollarni uchratish qiyin. San’atkor xalqi esa doim el nazarida bo‘ladi. Shu sababli ular ko‘cha-ko‘yda doim o‘zlariga qarab yurishga odatlangan.
MyDay taniqli san’atkor ayollarimizning pardozsiz holatdagi suratlarini to‘plab e’lon qildi.
Nilufar Usmonova
Xonanda Nilufar Usmonova uyda ko‘pincha bepardoz holda yurishini instagram tarmog‘idagi rasmlardan bilib olish mushkul emas.



Sevara Nazarxon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon esa faqatgina tadbirlarga yengil pardoz bilan tashrif buyuradi. Kundalik hayotda u pardozsiz yurishni afzal ko‘radi.



Zarina Nizomutdinova
Aktrisa Zarina Nizomutdinovani kamdan kam holatda pardozsiz ko‘rish mumkin. Uning aksariyat pardozsiz suratlari suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq.



Munisa Rizayeva
Xushovoz xonanda Munisa Rizayevani ham bepardoz uchratish mushkul masala. Lekin u instagram tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida pardozsiz suratlarini hech bir taraddudsiz joylaydigan mashhurlarimizdan.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar