07:06 / 29.01.2018
5 080

Olimlar musiqani universal muloqot tili deb atadilar

Olimlar musiqani universal muloqot tili deb atadilar
Turli millatga mansub insonlar musiqa yordamida erkin muloqot qila oladilar. Garvard universiteti olimlari musiqa borasida aynan shunday fikrga keldilar.

O’tkazilgan tadqiqotlar davomida olimlar 60 ta mamlakat fuqarolari bo’lgan 750 nafar ishtirokchiga 86 ta an’anaviy jamoalar tomonidan yaratilgan musiqiy parchalarni tinglashni taklif qildilar.

Ularga qo’yilgan vazifa esa musiqiy parchalar ma’nosini aniqlashdan iborat bo’ldi. Ular qo’shiqning alla yoki muhabbat taronasi ekanini aniqlashlari kerak edi.
Xabarda aytilishicha, boshqa mamlakat madaniyatidan mutlaqo bexabar bo’lgan ishtirokchilar ham musiqaning qanday ma’noda ekanligini tushuna olganlar.

Bu esa musiqaning barcha millat vakillari uchun universal muloqot tili ekanligini isbotlaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Olimlar musiqani universal muloqot tili deb atadilar