Ayni kunlarda Kinematografiyani rivojlantirish markazi rejissyor Muxlisa Azizova (rejissyorning “U” qisqa metrajli filmi Kann, Kipr, Yevraziya va boshqa nufuzli xalqaro kinofestivallarda namoyish etilgan)ning yangi “Skorpion” nomli to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
2018 yilning may oyida Kann xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistonning milliy paviloni tashkil etiladi. Unda mamlakat milliy kinematografiyasi taqdimoti o‘tkazilib, milliy filmlarning xorijiy mamlakatlar bo‘ylab tarqatilishi, turli davlatlardagi kinochilar bilan o‘zaro hamkorlikda filmlar suratga olish ishlari muhokama etiladi.
“Skorpion” filmining taqdimoti ham aynan mana shu tadbir mobaynida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kartina o‘zbek milliy kino industriyasini rivojlantirish uchun o‘ta muhim hisoblanib, mamlakat zamonaviy kinematografiyasida yangi qadam bo‘lishi kutilmoqda. Filmni ishlab chiqarish uchun atoqli kino namoyondalaridan iborat xalqaro guruh tuzilgan bo‘lib, birinchi kino ekspeditsiyasi Marokkoda tashkil etiladi.
Filmda bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarini tashvishga solayotgan xalqaro terrorizmning dolzarb muammo ekani ilgari suriladi.
Film mavzusining xalqaro miqyosda ham o‘ta dolzarbligini inobatga olgan holda unga xorijiy mutaxassislarni ham jalb etish maqsad qilingan.
Jumladan, film operatori Mark Tsui Germaniyadan taklif etilgan. Filmdagi asosiy qahramonlardan biriniesa rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujev ijro etadi.
Ayni paytda o‘zbek teletomoshabinlarga juda yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Okan Yalabik bilan muzokaralar olib borilayapti.
Mazkur film O‘zbekiston yoshlarining bosh tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi yordami bilan suratga olinayapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»