Turk seriallarini o‘zbek tomoshabinlari ancha sog‘ingan ekan. Bugun istalgan telekanaldan turk kinoijodkorlari tomonidan tayyorlangan film va seriallarni topish mumkin.
Xabaringiz bor, yaqinda “ZO‘R TV” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) serialining namoyishi to‘xtatildi. Ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan mazkur serial nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkiyada ham taqiqqa uchragan edi.
Tez orada “Sevgi iztirobi” o‘rniga yangi, mazmunli, o‘zbek madaniyatiga mos serial namoyishi boshlanishi rejalashtirilmoqda. “Sevimli” telekanali ijodkorlari ayni damda Turkiyaning “Star” telekanalida namoyish etib kelinayotgan “Istanbullik kelin” serialini o‘zbekchaga o‘girish jarayonlarini boshlab yuborishgan.
Ushbu serialda bosh rollarni Turkiyaning taniqli aktyorlari Ipak Bilgin, Asli Anvar, O‘zjan Deniz ijro etishgan. Farzandlarini uchun borlig‘ini bergan ona va kelinlar o‘rtasidagi munosabat, marhum otaning hayotlik chog‘idagi xatolari va ularning ajri serial voqealarida mohirona tasvirlangan.
Serialni suratga olish jarayonlari Turkiyada hamon davom etmoqda. Bugungacha unda tarbiyasizlik, ma’naviyatga zid holatlar uchragani yo‘q. Ssenariy kelgusida qay yo‘ldan ketishi mavhum. Har holda bugungacha Turkiyada juda katta shuhrat qozongan ushbu serial O‘zbekistonda ham tomoshabinlarga manzur kelishiga ishonamiz.
Darvoqe, serial 1 martdan boshlab “Sevimli” telekanalida namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi