23:30 / 04.03.2018
4 935

Bugun “Oskar” mukofotlari o‘z egalariga topshiriladi

Bugun “Oskar” mukofotlari o‘z egalariga topshiriladi
AQSH kinosan’atlari akademiyasi AQSH vaqti bilan 4 yanvar kechki payt (Toshkent vaqti bilan 5 yanvar kuni erta tong) 2018 yilning “Oskar” mukofoti sovrindorlari nomini e’lon qiladi. Yubiley sondagi 90-taqdimot Los-Anjelesdagi Dolby Theater’da bo‘lib o‘tadi.

Taqdimot soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 5 mart soat 06:00da) boshlanadi. Uni olib borish 2017 yilgi kabi komik Jimmi Kimmelga ishonib topshirildi. O‘tgan yilgi taqdimot katta mojaro bilan esda qolgandi: taqdimotda “Eng yaxshi film” uchun “Oskar”ni topshirish vaqtida aktyor Uorren Bitti va aktrisa Fey Danaueyga g‘olib film “Oy nuri” o‘rniga boshqa film – “La-La Lend” nomi yozilgan konvert berib yuborilgan.

“Men o‘shandan keyin oddiy pochta konvertlarini ham ochishga qo‘rqib qoldim”, deb hazillashgan Kimmel joriy taqdimot arafasida.

Kimmelga marosimni olib borishda o‘z vaqtida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan aktrisalar Sandra Bullok, Jeyn Fonda, Nikol Kidman, Xelen Mirren va Hollivudning boshqa yulduzlari yordam berishadi.

“Eng yaxshi film” nomiga 9ta film da’vogarlik qilmoqda: “Suv shakli” (The Shape of Water), “Meni o‘z isming bilan ata” (Call Me by Your Name), “Qorong‘i vaqtlar” (Darkest Hour), “Dyunkerk” (Dunkirk), “Nari ket” (Get Out), “Byord xonim” (Lady Bird), “Ko‘rinmas rishta” (Phantom Thread), “Maxfiy hujjat” (The Post), “Ebbing chegarasidagi uchta bilbord” (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri).

“Eng yaxshi aktyor” mukofotiga Gari Oldman, Timoti Shalame, Denzel Vashington va bu yo‘nalishda eng ko‘p “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Deniel Dey-Lyuis da’vogarlik qilmoqda.

“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishidagi “Oskar”ga Salli Hokins, Frensis Makdormand, Meril Strip, Sirsha Ronan va Margo Robbi nomzodlar hisoblanadi.

“Eng yaxshi rejissyor” nomiga rejissyorlar Gilyermo del Toro (“Suv shakli”), Kristofer Nolan (“Dyunkerk”), Jordan Pil (“Nari ket”), Greta Gervig (“Byord xonim”) va Pol Tomas Anderson (“Ko‘rinmas rishta”) da’vogarlik qilmoqdalar.

AQSH kinosan’atlari akademiyasi Metro-Goldwyn-Mayer kinokompaniyasi asoschisi Luis Mayer tomonidan 1927 yilda ta’sis etilgan. Akademiyaning mukofotlari topshirilishi birinchi marosimi 1929 yilda Los-Anjelesda Hollywood Roosevelt mehmonxonasida o‘tgan va bor-yo‘g‘i 15 daqiqa davom etgan. Keyinroq “Oskar” kabi tanilgan taqdimot jahon kinomatografidagi eng nufuzli mukofotga aylangan.

Forbes jurnalining baholashicha, joriy taqdimot 44 mln dollarga, bronzadan tayyorlangan va 24 karatli oltin bilan qoplangan “Oskar” haykalchasining har biri tashkilotchilarga 900 dollardan tushadi.

AVS telekompaniyasining ma’lum qilishicha, taqdimot 225 dan ko‘proq davlatga translyatsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bugun “Oskar” mukofotlari o‘z egalariga topshiriladi