
Kecha, 8 mart kuni xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Moskvaning “Izmaylovo Concert Hall” saroyida nihol mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning katta konserti bo‘lib o‘tdi.
Keng zal gavjum, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar turli shaharlardan ataylab shu konsert uchun kelishgan.
Konsert boshida Lola barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, mehr-muhabbat tiladi.

Lola o‘zining eng sara xit taronalarini muxlislariga tuhfa etdi: ulardan “Muhabbatim”, “Qaytmaydi”, “Bilmaysan” nomli qo‘shiqlar bilan muxlislarini xushnud etdi. Qo‘shiqlarini ko‘pchilik muxlislar yoddan aytib, qo‘shiqchi bilan birgalikda kuylashdi. Ayniqsa, Lola kuylagan “Toshkent-Samarqand” nomli qo‘shig‘i zaldagi ko‘pchilik muxlislarni raqs tushishga chorladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing