date
views 6 377

«Hindistonlik kelin»

«Hindistonlik kelin»
«O‘zbek yigitlari uchun birinchi o‘rinda Vatan, ikkinchi o‘rinda ota-ona, uchinchi o‘rinda sevgi-muhabbat».
Bu so‘zlar «Hindistonlik kelin» komediyasidan, deb yozadi O‘zA nashri.

Buxoro viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan mazkur komediya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Asosiy mavzusi mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, insonparvarlik, gumanizm bo‘lgan «Hindistonlik kelin» kulgili sahnalari, ichakuzdi hangomalari, personajlarning rang-barangligi bilan o‘ziga xoslik kasb etdi. Komediyada asosiy rollarni Aziz Bo‘ronov, Firangiz Adjalova, Rahim Ergashev va boshqalar ijro etishdi.

Spektakl so‘ngida «Hindistonlik kelin» komediyasi rejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, teatrning abadiy maslahatchisi Mohigul Nazarova, asar muallifi Anvar Namozov va boshqalar so‘zga chiqib, bugungi kunda xalqning teatr tomon oshiqayotganidan, bunga sabab sahnalarda mazmun va qamrovi keng asarlar qo‘yilayotgani va oddiy odamlar hayoti aks ettirilayotganida, deya fikr bildirdilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Hindistonlik kelin»