13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Abay – Ibrohim Qo‘nonboyev – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq yozma adabiyotini asoschisi, bastakor, faylasuf va ma’rifatparvar shoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karashli, hozirgi Abay tumani, Chingiztog‘ bovuridagi Qashqabuloq makonida dunyoga kelgan. Otasi Qo‘nonboy O‘skonboy o‘g‘li qozoq urug‘lari ichidagi eng boy, badavlat kishilardan bo‘lib, Abayni o‘qitishga katta ahamiyat berdi. Abay madrasada to‘rt yil ta’lim oldi. Arab, fors tillarini o‘rgandi. Markaziy Osiyo allomalarini, xususan, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini mutolaa qildi. Qolaversa, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o‘z bilimini oshirdi.
Abaydan 300 ga yaqin she’riy asar, “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim hikoyasi”, “Vadim” kabi dostonlar yetib kelgan. Uning asarlaridan xalqlarni do‘stlikka da’vat etish g‘oyasi asosiy o‘rin egallagan. Bu o‘rinda shoirning “Ey muhabbat, ey do‘stlik”, “Yigitlar”, “O‘yin arzon, kulgi qimmat”, “Ko‘zimning qorasi”, “Qiz so‘zi”, “Yigit so‘zi”, “Oshiq so‘zi – tilsiz so‘z” kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish kerak. Abayning Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari asosida bitgan “Tatyananing qirdagi qo‘shig‘i” degan turkum she’rlari qozoq adabiyotining eng yaxshi namunalaridan biri bo‘lib qoldi. Abay she’riyatida muhabbatsiz, do‘stliksiz hayot bo‘lmaydi, degan g‘oya ilgari surilgan. Qolaversa, bu ulug‘ shoir haqiqat kuychisi sifatida ham tarix sahifalarida o‘z nomini yozib qoldirgan. Misol uchun, u she’rlaridan birida shunday deydi:
Yuragingning tubini teran bo‘yla,
Men haqimda so‘ylasang rostin so‘yla.
Men taqir yerda o‘sdim va bir o‘zim
Mingta bilan olishdim, buni o‘yla! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi