20:55 / 19.03.2018
18 503

Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
16 mart kuni maftunkor Shahzoda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan press-konferensiya o‘tkazdi, deb yozadi "Tunukun" nashri.

Har yili may oyida o‘zining yakkaxon konsert dasturi bilan muxlislarini shod etadigan Shahzoda bu yil Respublika bo‘ylab katta gastrol safariga otlangan. 1 may kuni start beriladigan turne yurtimizning 12 nuqtasida bo‘lib o‘tadi. Bunga sabab, xonandaning yurtimizning turli burchaklarida istiqomat qiladigan muxlislarining hammasida ham har yili poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga kelish imkoniyati yo‘qligida. Muxlislarning iltimoslarini inobatga olgan xolda, bu yil xonanda yurtimiz bo‘ylab konsert safari tashkil qilishga qaror qilgan.

Matbuot anjumanida xonanda jurnalistlarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.

Jurnalistlardan biri so‘nggi kunlarda ko‘p muhokama bo‘lgan mavzuga to‘xtalib, xonandadan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritishini iltimos qildi.

«To‘g‘risini aytsam bunday gap-so‘zlar mening qulog‘imga ham yetib keldi. Bunga balki endilikda «Tarona Rekords» bilan hamkorlik qilmayotganim bo‘lsa kerak. Lekin bu gaplarga hech qanday asos yo‘q, turmush o‘rtog‘im meni “erkin suzishga” qo‘yib yubordi va biz Davron bilan shaxsiy studiyamizni ochish ustida ish olib bormoqdamiz. Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tmoqchiman, muxlislarimni xafa qilmoqchimasman, lekin hayotimda birinchi o‘rinda oilam turadi. San’at yoki oilani tanlashga to‘g‘ri kelsa, men hech ikkilanmay oilamni tanlayman».

Gastrol safarida jonli ijroda ham qo‘shiqlar aytasizmi degan savolga xonanda albatta jonli ijro ham bo‘lishi, lekin butun dastur jonli ijroda bo‘ladi deb lof so‘zlamasligini bildirdi.

Xonanda o‘g‘li Salixning ijodi haqidagi savolga shunday javob berdi:

«Men birinchi o‘rinda o‘g‘lim o‘qishini tamomlashini xohlayman. Qo‘shiqchilik o‘g‘lim uchun hozircha shunchaki xobbi. Shu o‘rinda ta’kidlashim joiz, Salix keng ommaga taqdim etgan ikki qo‘shig‘ini mening yordamimsiz, o‘z kuchi bilan yozgan, so‘zlari ham o‘ziga tegishli. U mensiz ham muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlamoqchi. Agar unga yordam kerak bo‘lsa, hech qachon yordamimni ayamayman, lekin hozircha u yordam so‘ragani yo‘q».
Xonanda aktrisa sifatida ijodini davom ettiradimi degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Mening hayotimda kinoning o‘rni katta. Kinoda suratga tushishni juda yaxshi ko‘raman. Hattoki, chet ellarda meni aynan «Fotima va Zuhra» filmidan so‘ng taniy boshlashgan desam ham bo‘ladi. So‘nggi paytlarda kinolarda suratga tushmayotganimga sabab, menga taklif qilingan ssenariylarda o‘zimni ko‘ra olmadim. Professional aktrisa bo‘lmaganim bois, men uchun rol o‘ynash juda qiyin, men har bir rolimni yashayman. Shuning uchun ssenariyni o‘qiganimda bu rolni yashay olishimga katta ahamiyat qarataman. O‘zim so‘nggi paytlarda ko‘proq tarixiy filmlar ko‘ra boshladim. O‘g‘limga ham doim shuni ta’kidlayman, kino ko‘radigan bo‘lsang, vaqtingni sarflashinga arziydigan filmlar ko‘r, toki u filmdan senga biron foyda bo‘lsin. Bekorchi, bema’ni filmlarga vaqtingi sarflama, deyman. Agar menga ham biror tarixiy filmda suratga tushish taklifi tushsa, jon deb rozi bo‘laman. Suratga olish jarayonini juda sog‘indim va o‘zimga mos rolni intiqlik bilan kutyapman».

Ma’lumot o‘rnida:
Chiptalar mart oyining 20 sanasida sotuvga chiqadi. Xonanda ma’murining ta’kidlashicha, eng qimmat chipta narxi 15 000 so‘mnitashkil qiladi.

Matbuot anjumani so‘ngida OAV vakillari xonanda bilan suratga tushish imkoniga ega bo‘ldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi