
– Har bir ona, kezi kelganda, farzandini ham sinab turadi. Kelinlar ham o‘z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan ular ham o‘tishga majbur. Axir o‘rgatganlarimiz qulog‘iga kirdimi, qo‘lidan keladimi, yo‘qmi bilib olishimiz kerak-ku.
Masalan, o‘zim kelinlarimni ko‘p bora sinovdan o‘tkazganman. Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta, kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabbasumga qarab chalg‘iydi. Bu borada katta kelinim Xumoraxonni va Asalni har xil vaziyatlar bilan tekshirib ko‘rganman. Har ikkalalari ham imtihondan a’lo baho bilan o‘tishganidan xursandman.
Zebo Navro‘zova
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar