15:23 / 26.03.2018
6 574

Rejissyor nima uchun Saida Rametovani izza qilgan edi?

Rejissyor nima uchun Saida Rametovani izza qilgan edi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova biz bilan bo‘lgan suhbatda yoshligida sodir bo‘lgan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi.

— Ko‘p yillar oldin, nomini aytmayman, bir rejissyor ham juda qattiq dilimni og‘ritgan. U paytlari turmush o‘rtog‘im bilan «Yosh gvardiyachilar» teatrida ishlardik. Teatrdagi yetakchi aktrisalardan edim. Aziz hali yosh, isitmasi chiqib, tobi bo‘lmayotgandi. Ishdaligimda rahmatli qaynonam bolamga qarab turardilar. Tanaffus payti uyga shoshildim, Azizni dorisini ichirib, holidan xabar olib, yana teatrga yugurdim. Bor-yo‘g‘i 2-3 daqiqaga kechikkandim o‘shanda, rejissyorimiz esa hammani oldida izza qilgan. Vaholanki, o‘zimdan o‘tayotganini o‘zim bilaman. Nimasi alam qilgan bilasizmi, aktrisalardan biri gap bilan meni o‘yib-o‘yib olgan. Rejissyorimizga uzrimni aytganman-u, ammo haligi aktrisaga qarata «Avval siz menga o‘xshab turmushga chiqing, ikki farzand tug‘ing, keyin gapirasiz», dedim. Tilingizdan otilib ketadimi? Ketadi (yig‘lab)! Bir-birimizning oldimizda rol o‘ynashimizning keragi yo‘q, axir kimning qandayligini bilamiz-ku. Bu gaplarni hech kimga aytmagandim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rejissyor nima uchun Saida Rametovani izza qilgan edi?