
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqida uyushmaning matbuot xizmati xabar berdi...
Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali lavozimdan ozod etilgani e’lon qilindi. Uning o‘rniga rais o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid yangi rais sifatida tanishtirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid shu kungacha “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritib kelardi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlayotgan Minhojiddin Mirzo Sirojiddin Sayyid o‘rniga raisning birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Iqbol Mirzo ham vazifasidan olinib, o‘rniga “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, shoir Nodir Jonuzoq tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar