
Aktrisa Anjelina Joli o‘z uyida hushini yo‘qotdi va tez yordamda kasalxonaga olib ketildi. Bu haqda, Avstraliyaning NW nashriga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Xabar qilinishicha, hodisa o‘tgan oyda yuz bergan. Joli o‘z uyida hushsiz holda topilgan. Uni topgan va tez yordamni chaqirgan kishi haqida xabar berilmagan.
16 aprelda aktrisaning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan suratda u yaxshi holatda ekanligi ko‘rinadi.

Foto: Instagram / @angelinejolie
Tekshiruv natijalari aktrisaning jismoniy jihatdan toliqqanini ko‘rsatgan. Aktrisaga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, unda jismoniy va ruhiy jihatdan toliqish mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar