date
views 6 367

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko‘z yumdi

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko‘z yumdi
Bugun, 25 aprel kuni SSSR xalq artisti, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri ma’lum qildi.

Shuhrat Abbosov 1931 yilning 16 yanvarida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Uning “Mahallada duv-duv gap”, “Toshkent — non shahri”, “Otamdan qolgan dalalar” kabi bir qator filmlari xalq qalbidan joy olgan.

So‘nggi kunlarda Shuhrat Abbosov sog‘ligi yomonlashgani sababli shifoxonada davolanayotgan edi.

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko‘z yumdi