O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng muxlislar e’tiborini qozongan va juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Shaytanat” seriali “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Xabar.uz” yozmoqda.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.
Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan “Shaytanat” seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.
Serialning ishlangan, ammo efirga uzatilmagan qismlari Yodgor Sa’diyev tomonidan hech kimga ko‘rsatilmay pinhon saqlab kelingani to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Ma’lumotlarga qaraganda, 30 aprel kuni dastlab bu serial haqida maxsus tok-shou bo‘lib o‘tadi. 1 maydan boshlab esa “Shaytanat” efirga uzatila boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi