
O‘zimning yo‘limga undamayapman,
Uqtirmayapman-ku falsafamni ko‘p.
Meni tushunmaysan, indamayapman,
Seni tushunmasam, xafa bo‘lma, xo‘p?!
Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g‘am.
Yo‘llarimiz tersdir shu qadar, hatto
Kesishib qolmaydi ro‘yolarda ham.
Poyingga tillodan sochqi sochsalar,
Ishga tushmas hatto ko‘z qirim mening.
O‘ngimda uchragan sof mo‘’jizalar
Hatto tushlaringga kirmaydi sening.
Butkul bo‘lak olam! Shunaqamiz biz,
Taassufki, dilda o‘zgacha niyat:
Sen mening baxtimni etolmassan his,
Sening baxting menga sanalar uyat.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar