7 363
“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va yana uchta xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi
Bugun, 31 may kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018 yil 31 maydan bekor qilindi. Bu haqdagi qarorni muassasa direktori Odil Abduqahhorov o‘qib eshittirdi va ushbu xonandalar muassasa tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, litsensiya bitimidagi talab shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda oltita masala ko‘rib chiqildi. Ularning ichida xonandalarning odobi, xorijda konsert berish, to‘y-hashamlar, atrof-muhit bilan muomala qilish, kitobxonlik, ya’ni savodxonlik, qo‘shiqlar va videokliplardagi mujmal so‘zlar va shu kabi muammolar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"