9 714
«Sevimli» telekanalida texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatildi
Kecha, 15 iyul kuni «Sevimli» telekanalining kechki efirlarida «Hurliqo» filmi efirga uzatildi.
Filmdagi qisqa epizodlarning birida milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan kadrlar aks etgan va ana shu sahna ko‘plab o‘zbekistonlik tomoshabinlarning e’tiroziga va ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
«Xabar.uz» muxbiri ushbu masala yuzasidan telekanal rahbariyati bilan bog‘landi.
«Bu — texnik xato tufayli yuz berdi. Filmdagi ayni shu sahnalar kesib tashlanishi lozimligini aytganmiz, ammo texnik xodimning xatosi bilan o‘sha joylari kesilmagan va efirga ketib qolgan.
Albatta, ish bor joyda xato bo‘ladi. Ammo hech kim bu xatoni ataylab qilmaydi. Shuning uchun ham tomoshabinlardan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolikni to‘g‘ri tushunishlarini va uzr so‘raymiz», — dedi telekanal rahbarlaridan biri.
Aytish kerakki, «Sevimli» telekanali bugungi kunda yurtimizdagi telekanallar orasida o‘z mavqei va tomoshabiniga ega telekanal hisoblanadi. Yuzaga kelgan texnik xatolik esa ularning ijodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, degan umiddamiz. Telekanal rahbarlarining tomoshabinlardan uzr so‘ragani ham yurtdoshlarimizga nisbatan bo‘lgan hurmati belgisidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi