
Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 2018 yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Darakchi nashri.
Ro‘yxat “Forbes” jurnali tomonidan e’lon qilingan.
12 oy ichida 33 yoshli aktrisa 40,5 million dollar pul ishlagan. Uning daromadlari “Qasoskorlar 4” filmidagi ishtirokidan so‘ng to‘rt barobarga ko‘tarilgan.
Ikkinchi o‘rinda “Malifisenta 2” filmi uchun 28 millino dollar haq olgan aktrisa Anjelina Jolidir.
Uchinchi o‘rin esa 19,5 million dollar daromad topgan aktrisa Jennifer Enistonga nasib etdi.
Ro‘yxatning kuchli o‘ntaligiga Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartnilar ham kirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar