“Kino – bu eng zerikarli narsalar kesib tashlangan hayotdir”. O‘zbekistonlik rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” filmi premerasidan so‘ng amerikalik muxlislardan biri “Oskar” mukofoti laureati bo‘lgan afsonaviy rejissyor Alfred Xichkokning yuqoridagi so‘zlarini eslab o‘tdi.
Milliy kartinamiz birinchi namoyishi AQShning 28-prezidenti Vudro Vilson sharafiga qurilgan yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Filmdan so‘ng qizg‘in kechgan muhokamalarda V.Vilson markazi direktori Metyu Royanski, yozuvchi Natali Ruland, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va rejissyor Jahongir Ahmedov ishtirok etdi.
Orasida taniqli rejissyorlar, ssenariynavislar, prodyuserlar, kinotanqidchilar, rassomlar, san’atshunoslar, yozuvchilar, shuningdek, Vashingtondagi rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari bo‘lgan 200dan ortiq tomoshabin nafaqat film qanday suratga olingani, u tarixiy haqiqatlarga qay darajada mos tushishi, balki O‘zbekiston kinematografiyasi rivojlanish istiqbollariga ham katta qiziqish bildirdi.
Mehmonlar o‘zbek rejissyori ijod mahsulini yuqori baholashib, uni Gollivud filmlari qatoriga qo‘yishdi. Bunday filmlar yuqori bahoga loyiqligi va jahon kinoindustriyasining ajralmas qismi ekanligi e’tirof etildi. Uchrashuvda shu kabi o‘zbek kartinalarini Amerika ekranlariga chiqarish uchun kinoprokat imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi